อุซเบก
Abdulla Qodiriy nomidagi Madaniyat va istirohat bogʻi – Toshkentning shimoli-gʻarbiy qismida, Olmazor tumani, Sebzor dahasi, Eskijoʻva bozori va Toshkent sirki oʻrtasida joylashgan bogʻ. Umumiy maydoni 19,8 gektar. Oʻz vaqtida bogʻda xalq sayillari va madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilgan. Bogʻda ochiq tomoshagoh (amfiteatr), planetariy, 11 ta attraktsion, kurash maydoni, stol tennisi va shaxmat-shashka paviloni, ovqatlanish va salqin ichimliklar bilan savdo qilish shoxobchalari boʻlgan. Bogʻ orqali „Chorsu“ va „Gʻafur Gʻulom“ metro bekatlariga, Zarqaynar, Abdulla Qodiriy va Gʻafur Gʻulom koʻchalaridagi avtobus bekatlariga chiqish mumkin.